Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi Xitoyda o‘tadigan “Xanchjou-2022” yozgi Osiyo o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan tarkibni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 60 kilogrammda Dilshod Baratov, 66 kilogrammda Murodjon Yo‘ldoshev, 73 kilogrammda Sardor Nurillayev, 81 kilogrammda Muso Sobirov, 90 kilogrammda Davlat Bobonov, 100 kilogrammda Muzaffarbek To‘raboyev, +100 kilogrammda Alisher Yusupov “kichik Olimpiada” o‘yinlarida medallar uchun kurash olib boradi.

Osiyo o‘yinlarining xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Halima Qurbonova 48 kilogrammda, Diyora Keldiyorova 52 kilogrammda, Shukurjon Aminova 57 kilogrammda, Sevinch Isoqova 63 kilogrammda, Gulnoza Matniyozova 70 kilogrammda, Irisxon Qurbonboyeva 78 kilogrammda hamda Rinata Ilmatova +78 kilo og‘irlikdagi bahslarda O‘zbekiston sharafi uchun tatamiga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining dzyudo musobaqalari 24-27 sentyabr kunlari tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA