Livanning Bayrut shahrida para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3 tadan oltin va kumush hamda 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo‘ziyev esa musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etilib, maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Musobaqada Javohir Aliqulov (-70 kg,) Asad Toshtemirov (-80 kg) va Guljanoy Naimova (+65 kg)oltin medalga sazovor bo‘ldi. Finalga qadar barcha janglarda g‘alaba qozongan Qudrat Xaydarov (-63 kg) Asad Anvarov (+ 80kg) hamda Kamola Jo‘rayeva (-57 kg) kumush medali bilan taqdirlandi. Kudratillo Sunnatov (-58kg), Zuhriddin Tohirov (-63 kg), Asil Husanov (-70 kg), Qudrat Muhammadiyev (-80 kg), Ziyoda Isoqova (-47 kg) bronza medalini terma jamoamiz zaxirasiga qo‘shib qo‘ydi.
Shu tariqa, O‘zbekiston para taekvondochilari jami 11 ta medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida 22 davlat orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri