Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi professional boks kechasida o‘zbekistonlik 6 nafar charm qo‘lqop ustasi jang o‘tkazadi.

“FW1 Promotion” hamda “Favzul Munavvar” promouterlik kompaniyalari hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz Egamberdi Nuriddinov xitoylik Ma Xoa Jiega qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur bahs olti raund etib belgilangan. Nuriddinov hisobida bitta g‘alaba va bitta durang bo‘lsa, raqibi Ma Xoa faoliyati mobaynida 20 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni qayd etgan.

Seulda kechadigan boks janglarida hamyurtlarimizdan Sirojbek Ismoilov, Doniyorbek Hayitaliyev, Husniddin Maraimov, Dovrug‘bek Ibragimov va Shahzodbek Tolibjonov reyting janglarida qatanshadi.

Ularning barchasi koreyalik bokschilar bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar to‘rt raund etib belgilangan.

 

T. Ro‘ziyev. O‘zA