Bugun, 6 sentyabr kuni Toshkentda Osiyo kubogi U-23 saralash bahslariga start beriladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Parij-2024” yo‘lidagi ilk saralash bahsini Afg‘oniston U-23 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Uchrashuvni hindistonlik Prandjal Banerdji boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga hamyurti Dutta va Falastin vakili Ashraf Abuzubayda yordam beradi. To‘rtinchi hakam esa Xanna Xattab Suriyadan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining saralash bosqichida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining barcha uchrashuvlari poytaxtimizdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi. Hamyurtlarimiz 9 sentyabr kuni bo‘ladigan 2-turda Gonkong bilan kuch sinashsa, 12 sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA