Koreyaning Pxyonchxan shahrida stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2024 yilda Koreyaning Pusan shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ular guruh bahslarida Shri-Lankani va Filippin terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Afsuski, chorak finalga chiqish uchun Qozog‘iston terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi uchun ushbu musobaqa omadsiz yakunlandi. Ular chempionatda 15 – pog‘onani qayd etdi.

Umid qilamizki, yakkalik bahslarida tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimizga yorug‘ yuz bilan qaytadi.

 

J. Toshxo‘jayev, O‘zA