FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Qizil ozek” ovul fuqarolar yig‘ini  Chimboy tumanining eng olis hududida joylashgan. Ovulda aholi turmush farovonligini hamda hudud infrastrukturasini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Keyingi yillarda ovulda ko‘cha va xiyobonlar hamda bir qator ijtimoiy ob’ektlar qiyofasi yaxshilanib, aholini elektr energiyasi, ichimlik suvi, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar olib borildi. Shuningdek, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasiga doimiy e’tibor bilan yondoshilayotir.

Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida 110 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zini o‘zi band qilishi uchun jami 2 milliard 292 million so‘m miqdorida kredit ajratildi. Shundan 45 fuqaro savdo va xizmat ko‘rsatish, 2 nafar fuqaro bog‘dorchilik, 5 fuqaro issiqxona tashkil etish, 13 fuqaro mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, 37 fuqaro parrandachilik, 4 fuqaro tikuvchilik va yana 4 fuqaro qishloq xo‘jaligi sohasi bilan shug‘ullanish istagini bildirgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA