Turkiyaning Mersin shahrida chaqiriq kubogining jahon bosqichida gimnastikachilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash bahslarida hamyurtimiz Oksana Chusovitina 13.067 ball to‘plab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sportimiz faxri Oksana Chusоvitina erishayotgan natijalar yosh sportchilarimiz uchun katta ibrat, mamlakatimiz uchun esa katta iftixordir.

J. Toshxo‘jayev, O‘zA