Uzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qarorga ko’ra davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish faqat Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP(my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo’li bilan amalga oshiriladi hamda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Talabalar imtiyozli yoki umumiy ro’yxatga kiritiladi. Talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash texnologiyasi orqali elektron shaklda real vaqt rejimida xisobga qo’yiladi.
2023/2024-o’quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining 1-kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish elektron ariza berish yo’li bilan amalga oshiriladi. 2023/2024-o’quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. 2024/2025-o’quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o’quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish va to’lovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun to’lov undirilmaydi.
Talabalarni talabalar turar joyiga yo’llanmasiz qabul qilish taqiqlanadi.
Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish bo’yicha yo’llanmalar taqdim etilgan o’quv yili uchun aal qiladi.
Anvar Jabbarov,
Ellikqal’a tumani Adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi
bo’lim boshlig’i.
Qoraqolpogiston axborot agentligi.