O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiQozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston – Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi samarali faoliyat ko‘rsatayotgani va amaliy natijalar berayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat Bosh vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari raislik qilayotgan komissiya bugungi kungacha 17 majlis o‘tkazdi, jumladan, oxirgi majlis joriy yilning mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tdi. 4-may kuni Toshkentda komissiya hamraislari amaliy muzokaralar o‘tkazdi.

edcdeed1-afc8-797a-541e-595de9c3adc8.jpg

 Uchrashuvda Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhim ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Asqar Mamin davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston oliy darajada erishilgan kelishuvlarning so‘zsiz va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.

 

O‘zA