Demak, G‘arb zonasida qur’a tugadi. Toshkentga Saudiyaning yulduzli klubi emas, debyutant «Al-Fayha» keladigan bo‘ldi. Umuman, OCHLda «Paxtakor» juda oson guruhga tushdi. Bemalol 1-o‘rinni olib 1/8 finalga chiqish mumkin.

Karim Benzema o‘ynayotgan Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi OKMK bilan bir guruhdan joy oldi. Neymar o‘ynayotgan «Al-Hilol» esa Namanganga «Navbahor» bilan kuch sinashishga keladi.

Men avvalroq qilgan taxminga ters o‘laroq, «Nasaf»ning guruhiga Saudiya klublari tushmadi.

Krishtianu Ronaldu esa hozircha O‘zbekistonga kelmaydigan bo‘ldi. Uning «tirigi»ni ko‘rmoqchi bo‘lganlar Dushanbega borishadi. «An-Nassr» Tojikistonning «Istiqlol» klubi bilan «Ye» guruhiga tushdi.

 

O‘zA