Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi IBSA Jahon o‘yinlari va IBSA dzyudo Jahon chempionatida ilk sovrindorlar aniqlandi.
Erkaklar o‘rtasida J2 sinfida – 60 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillayev oltin medal uchun kechgan kurashda gruziyalik Nukri Migrijanashviliga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.
Hamyurtimiz Feruz Saidov esa o‘z vazn toifasida delegatsiyamiz hisobiga kumush medal keltirdi.
Ayollar o‘rtasida J2 sinfida vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida Kumushxon Xo‘jayeva finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibasiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA