Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 7 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Chempionatning erkaklar o‘rtasida 65 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Oxunjon Musurmonqulov 117 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. 72 kilogrammgacha vazn toifasida esa Umidjon Arzimatov 110 kg natija qayd etgan holda terma jamoamizga ikkinchi oltinni keltirdi.

Shuningdek, vazni 88 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida ishtirok etgan hamyurtimiz Jasurbek Yo‘ldoshev 135 kg natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 55 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Ruhshona O‘ktamova 95 kilogramm natija bilan oltin medalga sazovar bo‘libgina qolmay, Osiyo rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionatda Firdavs Botirov kumush, Umida Rajabova hamda Dildora Nurillayeva o‘z vaznlarida bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa delegatsiyamiz musobaqaning ilk kunida 4 oltin, 1 kumush va 2 bronza jami 7 medal jamg‘ardi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA