Tadbirkorlik sub’ektlarining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, byurokratik va eskirgan talablarni bekor qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra,Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun arizalar davlat xizmatlari markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.

Yuridik shaxslarni auditorlik tashkiloti sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, ariza beruvchilarning xohishiga ko‘ra ularni Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun arizalarni kompozit tarzda vakolatli organga yuborish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Reyestrga kiritish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

                                                                                                        O‘zA