Mamlakatimizning yirik banklaridan biri “O‘zmilliybank” AJ “Solfy” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi “Solfy Foyda” xizmatini – Bankning so‘mdagi barcha debet kartalari egalari uchun noyob keshbek dasturini ishga tushirdi.

Solfy Foyda xizmati – bu xaridlar orqali pul ishlashning yangi imkoniyatidir. Hamkor do‘konlarning keng tarmog‘ida tovar va xizmatlarni xarid qilib, bank mijozlari, dastur sheriklarining shartlariga qarab, pul ko‘rinishida keshbek oladilar. Bundan tashqari, xaridorlarni bonuslar, aksiyalar, sovg‘alar va maxsus takliflar kutmoqda.

“O‘zmilliybank”dan “Solfy Foyda” xizmati turli toifadagi yuzlab hamkor do‘konlarni birlashtiradi: maishiy texnika va elektronikadan tortib, kiyim-kechak, kosmetika, zargarlik buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlarigacha. Dastur hamkorlarini Solfy veb-sayti va ilovasida, shuningdek do‘konlardagi “Solfy Foyda”stikerlari orqali osongina topish mumkin.

Hamkor do‘konlar ro‘yxati, ularning manzillari va ish soatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Solfy mobil ilovasi yordamida xizmat mijozlar uchun yanada qulayroq bo‘ladi. Ilovaning sodda va qulay interfeysi sizga eng foydali takliflarni tezda tanlash imkonini beradi.

“Solfy Foyda” keshbek dasturi hamkor do‘konlarida “O‘zmilliybank”ning so‘m debet kartalari orqali xarid va to‘lovlarini amalga oshiradigan mutlaqo barcha mijozlari uchun bepul taqdim etiladi. Bir oy ichida keshbek to‘plang va keyingi oyning oxirigacha u avtomatik ravishda kartangizga tushadi. Olingan pullar sizning xohishingizga ko‘ra, cheklovlarsiz erkin ishlatilishi mumkin. “Solfy Foyda” Bankning so‘mdagi debet kartangiz bilan avtomatik tarzda ishlaydi va qo‘shimcha ulanishni talab qilmaydi.

Chakana savdo korxonalari uchun “Solfy Foyda” dasturi – mijozlar bazasini kengaytirish, savdo va takroriy xaridlarni ko‘paytirish, shuningdek foydali keshbek berish orqali iste’molchilarning sodiqligini oshirishga xizmat qiladi. “O‘zmilliybank” va Solfyning “Solfy Foyda” dasturi tadbirkorlar uchun biznesini yanada muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bozorida ishonchli bank xizmatlaridan foydalanish  shu bilan birga xarid narxining 20 foizigacha pul bonuslarini olish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Siz “O‘zmilliybank”ning istalgan Bank xizmatlari markazida debet kartasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

Solfy Foyda dasturi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: https://solfy.com/foyda. 

 

“O‘zmilliybank” AJ  

Matbuot xizmati  

Reklama huquqi asosida