Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida davom etayotgan Butunjahon yoshlar olimpiadasining 4 va 5-tur o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi Germaniya hamda Turkiya jamoalari bilan kuch sinashdi.
Kecha, 15 avgust kuni o‘tkazilgan ushbu bahslarning 4-turida hamyurtlarimiz Germaniya terma jamoasini 3.5:1.5 hisobida dog‘da qoldirdi. 5-turda Turkiya vakillari bilan kuch sinashgan shaxmatchilarimiz murosasiz uchrashuvda raqiblariga imkoniyatni boy berdi.
Ortda qolgan 5 ta tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston shaxmatchilari 3 ochkoga ega bo‘lgan holda 63 ta jamoa orasida 5-o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindan joy olgan Xitoy jamoasi 5 ochkoga, ikkinchi o‘rinda borayotgan Turkiya jamoasi 4 ochkoga ega bo‘lib turibdi.
Bugun, 16 avgust kuni o‘tkaziladigan 6-tur bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston jamoasi bilan kuch sinashadi. Hindistonliklar Butunjahon yoshlar olimpiadasi musobaqasida 8-o‘rinni egallab turibdi.
Musobaqalar 18 avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA