Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.
Safar davomida iqtisodiyot rivoji va mahallalar hayoti bilan tanishish, sanoat korxonalarini ko‘rish va yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Tashrifning ikkinchi kuni mamlakatimizda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.