Xitoyning Chendu shahrida XXXI Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari davom etmoqda. Qilichbozlik bo‘yicha ayollar terma jamoamiz sablya yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ular bronza medali uchun kechgan bahsda Italiya termasidan 45:42 hisobida ustun keldi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Chendu Universiadasida qo‘lga kiritilgan umumiy hisobda o‘n to‘rtinchi medal bo‘ldi. Delegatsiyamiz musobaqani 8 ta kumush hamda 6 ta bronza medali bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri