Vengriyada dzyudo bo‘yicha “Masters” turkumiga kiruvchi yirik musobaqa boshlandi.
Turnirning bugungi dasturida yengil vazn toifasida bahslar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.
Musobaqada polvonlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi bahslashadi:
60 kg: Dilshod Baratov – Rodrigo Lopes (Portugaliya)
-60 kg: Doston Ro‘ziyev – Artyom Lesiuk (Ukraina)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Alberto Martin (Ispaniya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – An Baul (Janubiy Koreya)
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Andreya Stoyadova (Serbiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Yerin Jung (Janubiy Koreya)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Xorlodoi Bishrelt (BAA)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Lele Lairne (Buyuk Britaniya)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri