Yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat ko‘rsatayotgan iste’dodli bokschimiz Shahram G‘iyosov dunyoning eng kuchli professional bokschilari reytingini e’lon qilib boradigan nufuzli “The Ring Magazine” nashri nazariga tushdi.

Ushbu nashr e’lon qilgan kuchli bokschilarning o‘ntalik ro‘yxatida Shahram G‘iyosov nomi ham qayd etildi. Hamyurtimiz ushbu reytingning 8-pog‘onasidan joy oldi. Reytingda shuningdek, Terens Krouford, Errol Spens, Jeron Ennis kabi charm qo‘lqop ustalari nomi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov joriy yilning 18 iyun kuni o‘tkazgan so‘nggi jangida amerikalik Xarold Kalderonni mag‘lub etgan edi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA