Osiyo futbol konfederatsiyasi Osiyo kubogi tarixidagi eng kuchli futbolchilardan iborat “Orzu XI” (Dream XI) jamoasini shakllantirmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur futbolchilar ro‘yxatidan o‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, Osiyoning 2 karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov ham o‘rin olishi mumkin.

Ayni paytda ushbu ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarga ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.