Tovar ayirboshlash 20 foizga o‘sdi

Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘rtasida tor doiradagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Ikki davlat rahbarlarining mazkur uchrashuvi o‘tgan yil oktabrda o‘tgan Anqara uchrashuvining mantiqiy davomi sifatida qabul qilinmoqda.

Qayt etish joizki, O‘zbekiston -Turkiya o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik kengayib bormoqda. Xususan, 2017 yilda davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga ortib, 1,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich joriy yilning birinchi choragida esa 400 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foiz o‘sish demakdir.

 

O‘zA