Xabar berganimizdek, mamlakatimizning umidli yosh og‘ir atletikachilari Hindistonda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida munosib natijalarni qayd etmoqda.

Kecha o‘tkazilgan bahslar yakunida yosh sportchilarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu esa terma jamoamiz a’zolarining umumiy medallar sonini 18 taga yetishini ta’minladi. Shundan 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza medali.

Bugun, 1 avgust kuni qit’a chempionatida qizlar 59 kilogramm vazndagi bashlarda medallar uchun kurash olib boradi. Unda terma jamoamiz a’zolaridan Lyudmila Elefteriadi va Marjona Abdumutalova o‘z chiqishlarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 30 ta davlatning 300 nafarga yaqin sportchilari ishtirok etayotgan qit’a chempionati 5 avgustga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA