Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Chexiyaning Praga shahrida tashkil etilgan “Praga Cup” musobaqasida ishtirok etdi.

Jamoaviy yo‘nalishda “Parij-2024” Olimpiada yo‘llanmalari o‘ynalgan mazkur turnirda Abdurahmon Abdullayev balandligi 1,5 metrni tashkil etgan to‘siqlardan sakrash dasturida ikkinchi natijani qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA muxbiri