Kiyev hududlarni minadan tozalash uchun xorijiy donorlardan 240 million dollar oladi, deya bayonot berdi Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko.

“Donorlarimiz, – Yevropa Ittifoqi va Govard Baffet jamg‘armasi, shuningdek AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Italiya, Litva, Niderlandiya, Daniya, Kanada, Avstriya, Shveysariya, Koreya ayni maqsad uchun jami 244 million dollar ajratadi”, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Sviridenko ta’kidlashicha, Kiyev yil oxirigacha Xorvatiyaning “DOK-ING” va “Global Clearance Solutions” kompaniyalaridan minani zararsizlantiradigan 10 tadan 10 qurilma oladi.