Ilgari, multfilmlarda, fontastik filmlarda ko‘rganlarimizni yapon muhandislari hayotga ko‘chirishdi.
Yaponiyaning “Brave Robotics” kompaniyasi muhandislari hamda “Asratec” firmasi muhandislari bir daqiqada ikki o‘rindiqli avtoulovga aylana oladigan robot-transformer yaratdi, deb yozadi motor.ru.
“J-deite RIDE” nomli ushbu robotning balandligi 4 metr bo‘lib, uzunligi esa shaklini avtoulovga o‘zgartirganda 3,8 metrgacha yetadi. Avtobotni robot bo‘lmasidan yoki masofadan turib boshqarish mumkin.
“Brave Robotics” kompaniyasi, shuningdek, shaklini o‘zgartira oladigan noyob mexanizm ham ishlab chiqdi. Maxsus dastur orqali u “J-deite RIDE” yordamida harakatlanishi va yurishi mumkin. Kelajakda kompaniya shunday robotlarni tijorat maqsadida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
“J-deite RIDE” soatiga 100 metr tezlikda harakatlananishi, avtoulov ko‘rinishida esa yo‘lovchi tashishi ham mumkin.
Umida Qurbonova