Qatar poytaxti Doha shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan 27-Osiyo chempionatining 15 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqalar yakkalik bahslarida hamyurtimiz Asel Yerkebayeva ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.
Kecha musobaqaning guruh bosqich o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Asel Yerkebayeva va Arujan Kamalova guruh bosqichi doirasida o‘z uchrashuvlarini yakunlashdi.
Kamalova guruhdan chiqa olmagan bo‘lsa, Yerkebayeva o‘z guruhida Eron, Gonkong va Shri lankalik raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. Yuz foizlik ko‘rsatkich bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bellashuvlarning nimchorak finalida o‘zbekistonlik tennischi gonkonglik raqibi bilan uchrashdi va o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.
Bugun, 21 iyul kuni Asel Yerkebayeva chorak finalda musobaqaning ikkinchi raqamli tennischisi hisoblangan xitoylik Yan Yutonga qarshi kurash olib boradi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA