Uxan virusologiya instituti taqiqlangan hisobotni berishdan bosh tortgani sababli AQSH ushbu muassasani moliyalashtirmaslik to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda “Blumberg” Amerika hukumati bergan ma’lumotga tayanib xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSH sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat vazirligi o‘tgan yil sentyabrda tekshiruv boshlagan. O‘shanda idora mazkur institut faoliyati Amerika federal qonunlariga muvofiq kelmayotgani sababli yopilishi kerakligini bildirgan.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar koronavirus kelib chiqishi manbalarini tekshirish boshlanganini e’lon qilgan edi. Shundan keyin Uxan instituti AQSH hukumati diqqat markaziga aylandi.
Qo‘shma Shtatlar mazkur tadqiqot muassasasini hamkorlik qilishdan bosh tortayotganlikda, tekshiruv hujjatlarini bermayotganlikda aybladi.
Xabardan shunday xulosa qilish mumkinki, endi mazkur laboratoriya federal moliyalashtirish dasturidan chiqariladi.
Agentlik yozishicha, xuddi shunday voqea 2020 yil iyun oyida ham kuzatilgan edi.