Ustoz, muallim, mudarris, murabbiy – naqadar sharafli hamda mas’uliyatli kasb. Muallim, ustoz shunday mo‘’tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Yurtimizda azaldan ularning izzati va hurmati hamisha yuqori bo‘lgan, mashaqqatli mehnati ardoqlangan. Inson o‘zini anglagan paytdan boshlab ustozga tayanadi, ulardan ta’lim va tarbiya oladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 52-moddasida davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi qat’iy belgilandi. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar ham qariyb ikki barobarga oshayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Yangi Konstitutsiyada o‘qituvchilar haq-huquqlari belgilangan normalari haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi.
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov, O‘zA