FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tayotgan nufuzli turnir qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Bugun shaxmatning standart yo‘nalishida 3- va 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan 2 tur natijalariga ko‘ra, Sofiya Te (Qirg‘iziston), Syuduo Go Enn (Yangi Zelandiya), Azaliya Balakanova (Qozog‘iston), Selmeg Ider (Mo‘g‘uliston), Vidjesekara Djenara Setxumili (Shri Lanka), Ulan Rizat (Qozog‘iston), Xriday Garg (Hindiston), Satjan Bugubayev (Qozog‘iston), Mumtozbegim Sobirova (O‘zbekiston), Aya Bayramova (Turkmaniston), Ibrohim Jumanazarov (O‘zbekiston), Mohinaxon Karimova (O‘zbekiston), Maxri Agamuradova (Turkmaniston), Ruqiya Olimova (O‘zbekiston), Gerelmaa Chuluunbaatar (Mo‘g‘uliston), Abdulqodir Bahodirov (O‘zbekiston), Odina Olimova (O‘zbekiston), Pragnya X. G. (Hindiston), Vinesh Advayt Vemula (Hindiston), Aldar Burentegsh (Mo‘g‘uliston), Xondamir Elmirzayev (O‘zbekiston), Mohinur Habibullayeva (O‘zbekiston), Ulziyxishig Xishigbat (Mo‘g‘uliston), Totuxan Tapayev (Qirg‘iziston), Arutran Arunakirinatan (Shri lanka), Shohjahon Saidov (Tojikiston) kabi shaxmatchilar mag‘lubiyatsiz odimlarini davom ettirmoqda.
Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari esa 20 iyul kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA