Italiyaning Paduya shahrida tennis bo‘yicha M25 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli odimini davom ettirmoqda.
Turnirda 8-raqam ostida tasniflangan tennischimiz musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 100 daqiqa davom etgan 1/8 final uchrashuvida italiyalik Luka Jiakominiga qarshi kortga chiqib, raqibini 6/2, 6/4 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun, 14 iyul kuni Fomin 1/2 final chiptasi uchun fransiyalik Klement Taburga qarshi kortga chiqadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA