Kecha Shanxay shahridagi Sharqiy Xitoy Pedagogika universiteti huzurida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlardan kelgan talabalar uchun 12-yozgi kurslar ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan yoshlar, universitet rahbariyati va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Ushbu kurslarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad SHHT mamlakatlari yoshlari o‘rtasida madaniy almashinuvni, do‘stona aloqani mustahkamlash, ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojiga ko‘maklashishdan iborat.

30 kunga mo‘ljallangan mashg‘ulot dasturidan xitoy tili darslari, ishtirokchi davlatlar madaniyat kunlarini o‘tkazish, Shanxay shahri va Xitoyning boshqa hududlari bo‘ylab sayohat uyushtirish o‘rin olgan.

 

O‘zA