Tailandda yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zosi Suxrob Xodjayev kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimizning ikkinchi urinishda qayd etgan 71.83 metr natijasi unga qit’a chempionatining kumush medalini taqdim etdi. Birinchi o‘rin xitoylik Van Siga nasib etgan bo‘lsa, yaponiyalik Shota Fukuda kuchli uchlikdan joy oldi.
Musobaqalar 16 iyulga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA