Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsad qilingan.
Ta’kidlash joizki, ushbu keng ko‘lamli tadbir doirasida UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining tashabbusi bilan Samarqand shahriga “Jahon madaniy turizm poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida UNWTO Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
UNWTO delegatsiyasining Toshkent va Samarqandga tashrifi 16 iyulgacha davom etadi.
O‘zA