AQSH va Turkiya Prezidentlari Jo Bayden va Rejep Tayyip Erdog‘an Vilnyus sammiti doirasida uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi masalalarini muhokama qilishgan. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Bayonotda Bayden Erdog‘anni Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishgani bilan tabrikladi, deyiladi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, strategik mexanizm doirasidagi maslahatlashuvning so‘nggi davrasini olqishlash, mudofaa va iqtisodiyot sohalaridagi ustuvor masalalar yuzasidan ham fikr almashgan. Shuningdek, yetakchilar Ukrainani doimiy qo‘llab-quvvatlash va barqarorlikni ta’minlash muhim ekanini ta’kidlagan.
O‘zA