Shimoliy Koreya chorshanba kuni Yapon dengizi tomon bitta uzoq masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshqarmalari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Yaponiya hukumati bu munosabat bilan norozilik bildirdi.

– KXDRning harakatlari mintaqa va xalqaro hamjamiyat tinchligi va barqarorligiga tahdid soladi, ularni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi, deya ta’kidladi vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno.

“Shu munosabat bilan biz Pekindagi elchixonamiz orqali keskin norozilik bildirdik”.

Uning aniqlik kiritishicha, raketa Pxenyan yaqinidagi hududdan sharqiy yo‘nalishda uchirilgan. U 74 daqiqa davomida havoda bo‘lgan va Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida, Xokkaydodan 250 kilometr uzoqlikda qulagan.

“Raketaning maksimal parvoz balandligi olti ming kilometr, parvoz masofasi bir ming kilometrdan oshiq bo‘lgan”, deb qo‘shimcha qilgan Matsuno.

“Kiodo” agentligining ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya so‘nggi marta 15 iyun kuni raketa uchirgan edi.

O‘zA