Parijda para yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida F37 klassining yadro uloqtirish dasturida ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Chempionatda Qudratulloxon Ma’rufxo‘jayev 14 metr 69 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 14 metr 62 sm natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, har ikkala sportchimiz ushbu musobaqada o‘zlarining shaxsiy rekordlarini o‘rnatdi va “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA