Bugun O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da (Toshkent vaqti bilan 4.00 da) saylov uchastkasining uchastka komissiyasi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Ushbu mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni davom etayotganiga olti soatdan oshdi. Yaponiya universitetlarida tahsil olayotgan talabalar birinchilardan bo‘lib ovoz berishdi.

O‘zA