O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayev 9 iyul kuni Toshkent shahridagi 583-saylov uchastkasiga oilasi bilan birga tashrif buyurib, ovoz berdi.

Mazkur uchastkada 1 ming 720 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ulardan 49 nafari muddatidan oldin ovoz berdi. Shuningdek, ilk ovoz berishda qatnashayotgan yoshlar soni 18 nafarni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy qonunchiligimiz va xalqaro me’yorlarga to‘la mos holda, oshkoralik va ochiqlik prinsiplari asosida o‘tmoqda.

Saylov davom etmoqda.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA muxbiri