Toshkent Davlat transport universitetida Koreya aerokosmik universiteti talabalari uchun yozgi maktab tashkil etildi.

Koreya aerokosmik universitetidan jami 14 talaba va 2 nafar professor-o‘qituvchi Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro xohish-istaklarga muvofiq Koreya aerokosmik universiteti (KAU)) va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasida ta’lim hamda madaniyat almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir.

10 kunlik yozgi maktab davomida universitet talabalari o‘zaro bilim almashinuvi doirasida uchuvchisiz uchish apparatlarini dasturlash va parvoz xavfsizligi strukturasi loyihalari, paraplanda yugurish, parashyut bilan yugurish, dron uchirish va turli sport musobaqalari hamda intellektual o‘yinlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ikki oliy ta’lim muassasasi sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirdi.

Nilufar Bozorova, O‘zA