O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham sanoqli kunlar qoldi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylov kunida saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatib, saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘ygandan so‘ng unga saylov byulleteni beriladi.
Saylovchining ism-familiyasi biron-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan bo‘lsa, saylovchining familiyasi shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi. Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi.
Byulletenni to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi ta’qiqlanadi. Saylovchi byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. Saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va OAV vakillari bundan mustasno.
Quyida MSK tomonidan tayyorlangan Prezident saylovi kunida ovoz berish tartibi haqidagi videolavha bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zA