Shvetsiya rasmiylari roziligi bilan Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorlari tomonidan ochiqdan-ochiq amalga oshirilayotgan harakatlar asnosida Stokgolmning NATOga qo‘shilish yo‘lidagi amallari foydasiz bo‘lib qolmoqda.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.

“Erdog‘an Shvetsiya terrorga qarshi qonunlarini o‘zgartirish orqali to‘g‘ri yo‘nalishda muayyan qadamlar tashlaganini, ammo jangari kurd tarafdorlarining terrorni targ‘ib etuvchi erkin harakatlari bu sa’y-harakatni yo‘qqa chiqarishini aytdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, Turkiya yetakchisi Ryuttega fikr erkinligi bahonasida muqaddas Qur’onga qilingan hujumlarni oqlash noma’qul ekanini esalatdi. Uning fikricha, “bu g‘irt jinoyatning o‘zi”.

Anqara Kurdiston ishchi partiyasini terror tashkiloti sifatida biladi.

Tomonlar Vilnyus sammiti kun tartibidagi asosiy masalalardan biri Ukraina inqirozi bo‘lishi haqida yakdil fikrda ekanliklarini ta’kidladilar.

O‘zA