Hammamizga ma’lumki, joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.
“Saylov – 2023” dasturining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari, shuningdek, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylovni kuzatish missiyasi vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrifi xususidagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etamiz.
Bu haqda batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.
O‘.Alimov, D.Yoqubov (video), O‘zA