Ayni kunlarda 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonlari davom etmoqda.
Qabul jarayonlarini yuqori darajada o‘tkazish, abituriyentlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayoniga oid Nizom, yo‘riqnomalar, qabul qoidalari, qabul kvotasi, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar, shuningdek, kirish imtihonlari va ularni o‘tkazish tartibi, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan maslahatlar jadvalini aks ettiruvchi banner va e’lonlar taxtasi tashkil etilgan.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar berish maqsadida qabul hay’ati tarkibida maslahatchi va tibbiy xodim faoliyat ko‘rsatib, ta’lim yo‘nalishi va bilim yurti faoliyati to‘g‘risida ma’lumot va tavsiyalar berishi yo‘lga qo‘yildi.
Xo‘sh, bu yilgi qabul jarayonining qanday farqli jihatlari bor? Bo‘lajak talabalar va ularning ota-onalari nimalarni bilishi kerak? Umuman, bu yilgi qabul oldingilardan nimasi bilan farqlanadi.
Bu kabi savollarga javob topish uchun O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dekani Ravshan Zokirovichni suhbatga chorladik.
Batafsil:
M.Turdaliyeva, I.Ismatov, O‘zA