Mamlakatimizda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida, shuningdek, aholi xonadonlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etishda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish, qurilmalar sifatiga e’tibor bermaslik, arzon va avval ishlatilgan bo‘lib, o‘z nominal foydali ish koeffitsiyentini yo‘qotgan qurilmalardan foydalanish kabi holatlarning oldini olish muhim hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, Energetika vazirligi va vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimlari orqali bino va inshootlarda o‘rnatiladigan quyosh fotoelektr stansiyalarni joriy etishga buyurtmalar berishda ushbu namunaviy texnik topshiriqdan foydalangan holda, buyurtmalar berish tavsiya etiladi.

 

O‘zA