Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev AQSH mustaqillik kuni munosabati bilan amerikalik hamkasbi Jo Baydenga jo‘natgan tabrik xatida, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi, deyiladi qardosh mamlakat yetakchisi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Toqayev maktubida Qozog‘iston va Amerika xavfsizlikni ta’minlash, energetika, investitsiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash hamda ikki xalq munosabatini yanada yaxshilash maqsadida o‘zaro strategik hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirayotganini ta’kidlagan.
Qozog‘iston rahbari kelgusida barcha sohadagi hamkorlik muvaffaqiyatli kechishiga ham ishonch bildirgan.