FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida “Ayol mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari M. Ahmedova, “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari O. Musurmonova, ko‘chaboshi ayollar, mahalla va ovullarda faoliyat olib boruvchi faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, imtiyoz va g‘amxo‘rliklar xususida so‘z yuritdi. O‘z faolligi bilan jamiyatning turli sohalarida muvaffaqiyat qozonayotgan xotin-qizlarning mehnati e’tirof etildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining chiqishlari, “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining sahna ko‘rinishlari hamda taniqli  san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida bir guruh faol xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA