Xabar berganimizdek, kecha Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha yakunlangan kattalar o‘rtasidagi “Yelorda kubogi”da O‘zbekiston terma jamoasi 3 tadan oltin va bronza, bitta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro turnir nizomiga ko‘ra, g‘oliblar 700, kumush medal sohiblari 400, bronza medalini qo‘lga kiritgan bokschilar 200 AQSH dollariga ega bo‘lishi belgilangan.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Dilshod Abdumurodov, Havasbek Asadullayev va Jahongir Zokirov oltin, Jasurbek Yo‘ldoshev kumush, Asilbek Jalilov, To‘rabek Habibullayev hamda Nusratbek Tohirov bronza medaliga ega chiqish asnosida umumiy hisobda 3100 AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

“Yelorda kubogi”da erkaklar va ayollar terma jamoasi bilan ishtirok etgan Qozog‘iston terma jamoasi musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, 11 ming 200 dollar miqdoridagi mukofotga egalik qildi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA