Moldovaning Rossiya Federatsiyasi bilan munosabati Ukrainadagi jarayon tufayli o‘zgargan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar faqat elchixonalar va vazirliklar darajasida amalga oshirilmoqda, yuqori darajadagi muloqot yo‘q, dedi respublika Tashqi ishlar vazirligi hamda Yevropaga integratsiya bo‘yicha davlat kotibi Vladimir Kuk “Radio Chisinau” muxbiriga.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainada kechayotgan jarayon siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va xavfsizlik masalasida Moldovaga kuchli ta’sir o‘tkazdi.
Umuman, Rossiya – Moldova munosabati 2020 yil Yevropaga yaqinlashish siyosatini olib borayotgan Sandu davlat tepasiga kelgach, yomonlasha boshlagan.