Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Vazirlar Mahkamasi a’zolariga mamlakatda 27 iyundan beri davom etayotgan tartibsizlik sababini “to‘liq o‘rganish” bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda “BFM TV” xabar berdi.
Yakshanba kuni kechqurun Yelisey saroyida boshlangan tartibsizlikni bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab yig‘ilishida davlat rahbari “Fransiyada nima bo‘lganini tushunish uchun uzoq muddatga mo‘ljallangan pishiq-puxta axborot-tahliliy ishni boshlash” va “bu hodisaning qo‘zg‘alish sababini o‘rganish” talabini qo‘ygan.
Ta’kidlanishicha, bu uchrashuv davlat yetakchisining avvaldan belgilab qo‘yiladigan ish jadvalida qayd etilmagan.
Makron ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen va Adliya vazirligi rahbari Erik Dyupon-Morettiga yuzaga kelgan vaziyatni jilovlash uchun barcha zarur choralar ko‘rish vazifasini yuklatdi.
Telekanal o‘z axborotida uning “Hukumat politsiya va jandarmeriya tomonida bo‘ladi”, so‘zlarini iqtibos qilib keltirgan.
27 iyun kuni politsiya talabiga bo‘ysinmagan 17 yoshli haydovchi Noil Merzuk otib o‘ldirilishi munosabati bilan, mana, beshinchi kundirki, mamlakatda norozilik aksiyasi davom etmoqda. 2 iyul kuni tartibsizlikda chog‘idagi nomaqbul harakati uchun 719 fuqaro, jumladan Parijda 194 kishi qo‘lga olingan.