AQSH Prezidenti Jo Bayden 9-13 iyul kunlari Buyuk Britaniya, Litva va Finlyandiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
– Birinchi navbatda AQSH davlat rahbari Buyuk Britaniyaning London shahrida boradi, – deyiladi Jan Rer bayonotida. – Qirol Karl III va Bosh vazir Rishi Sunak bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin munosabatni yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. So‘ngra 11-12 iyul kunlari Prezident Litvada, Vilnyus shahrida NATOning 74-sammitida ishtirok etadi.
Bayden 13 iyul kun Finlyandiyaga o‘tib, NATO va Skandinaviya davlatlari rahbarlari sammitida qatnashadi.
“Reuters” agentligi xabariga ko‘ra, Bayden va Karl III muloqoti Britaniya monarxining 6 mayda lavozimiga kirishgandan keyingi birinchi uchrashuvi bo‘ladi.